add

O‘zbekiston 1,68 mlrd dollarlik aktivlarini London birjasiga chiqarishi mumkin

29.07.2025 | 15:3020503

Milliy investitsiya jamg‘armasi 1,68 mlrd dollarlik aktivlarni London va Toshkent birjalarida dual listing orqali joylashtirishni rejalashtirmoqda. Ushbu harakat mamlakat xususiylashtirish jarayonini faollashtirish hamda xalqaro sarmoyani jalb qilishga qaratilgan.

O‘zbekiston 1,68 mlrd dollarlik aktivlarini London birjasiga chiqarishi mumkin
Bloomberg agentligining yozishicha, O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi o‘z tarkibidagi 1,68 mlrd dollarlik aktivlarni xalqaro birjalarga chiqarish bo‘yicha takliflar qabul qilmoqda. Jamg‘arma boy investorlarni jalb etish maqsadida Yaqin Sharq davlatlari bilan muzokaralar olib boryapti. Hozirda jamg‘arma va Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) orasida qaysi kompaniya avval listingga chiqarilishi masalasi muhokama qilinmoqda. Hali yakuniy qaror qabul qilinmagan. Bloomberg’ga ko‘ra, London birjasi 2025 yilning birinchi yarmida faqat 200 mln funtlik IPO o‘tkaza olgan — bu so‘nggi 30 yildagi eng past ko‘rsatkich. Shu bois, O‘zbekiston aktivlarining dual listingi London uchun ham muhim imkoniyat hisoblanadi. Milliy investitsiya jamg‘armasi tarkibiga «Xalq banki», «Mikrokreditbank» va «Biznesni rivojlantirish banki» kabi moliyaviy muassasalar kirgan. Shuningdek, «Asakabank», «Aloqabank» va «Sanoatqurilishbank» bo‘yicha ham xaridorlar qidirilmoqda. 2023 yilda xususiylashtirilgan so‘nggi bank «Poytaxtbank» bo‘lgan — 10 mln dollarga sotilgan. Ammo mamlakatda xususiylashtirish jarayonlari hali ham sekin sur’atda ketmoqda. London birjasi bilan hamkorlik O‘zbekistonga tashqi sarmoyani jalb etish, bozor reytingini oshirish va iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish imkonini berishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid