add

O‘zbekiston 9 ta xalqaro reytingda yuqori o‘rinlarga ko‘tarildi

O‘zbekiston jahon hamjamiyati baholaydigan 9 ta xalqaro reytingda ijobiy o‘sish qayd etib, turli sohalarda salmoqli yutuqlarga erishdi. Bu natijalar mamlakatning islohotlar yo‘lida qayd etayotgan muvaffaqiyatlaridan dalolat beradi.

O‘zbekiston 9 ta xalqaro reytingda yuqori o‘rinlarga ko‘tarildi
Jumladan, mamlakat Elektron hukumat rivojlanish indeksda 6 pog‘onaga ko‘tarilib, 63-o‘rinni egalladi. Global tinchlik indeksda 15 pog‘onaga yuqorilab, 60-o‘ringa chiqdi. Shuningdek, Ochiq ma’lumotlar indeksda 16 pog‘onaga ko‘tarilib, dunyodagi 12-o‘ringa loyiq topildi. O‘zbekiston Global Startup Ecosystem indeksda ham katta taraqqiyotga erishdi — 12 pog‘onaga yuqorilab, 98-o‘rinni egalladi va dunyoning eng yaxshi 100 startap ekotizimiga ega mamlakatlar qatoriga kirdi. Shu bilan birga, mamlakat yana quyidagi reytinglarda ham yuqori ko‘rsatkichlarga erishdi: Pasportlar indeksida — 65-o‘rin (3 pog‘onaga yuqori), Statistik samaradorlik indeksda — 62-o‘rin (17 pog‘onaga), Hukumatlarning sun’iy intellektga tayyorligi bo‘yicha — 70-o‘rin (17 pog‘onaga), hamda Logistika samaradorligi indeksda — 88-o‘rin (11 pog‘onaga). Parlamentdagi ayollar ulushi bo‘yicha ham O‘zbekiston 13 pog‘onaga yuqorilab, 38-o‘rinni egalladi. Bu esa mamlakatda tenglik va inklyuzivlik sari qadam tashlanayotganini ko‘rsatadi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston 9 ta xalqaro reytingda yuqori o‘rinlarga ko‘tarildi | Vaqt.uz