add

O‘zbekiston Afg‘oniston orqali yangi strategiyani amalga oshirmoqda

NATO Afg‘onistonni tark etganidan so‘ng vujudga kelgan geosiyosiy bo‘shliqda O‘zbekiston iqtisodiy bog‘lanish, diplomatik muloqot va infratuzilmaviy loyihalar orqali mintaqa barqarorligiga hissa qo‘shmoqda.

O‘zbekiston Afg‘oniston orqali yangi strategiyani amalga oshirmoqda
O‘zbekiston NATO chiqishidan ancha oldin ham Tolibon bilan muloqotga kirishgan, 1997 yildagi «6+2» tashabbusi va keyingi xalqaro anjumanlar buni tasdiqlaydi. Suv xavfsizligi bo‘yicha Afg‘onistonda qurilayotgan Qo‘shtepa kanali Amudaryo oqimini 15–20 foizgacha kamaytirishi mumkin. Bu O‘zbekiston va Turkmaniston uchun jiddiy ekologik va agrar tahdid sanaladi. Toshkent va Kobul aprel oyida transchegaraviy suv resurslari bo‘yicha norasmiy kelishuvga erishdi. Iqtisodiy hamkorlik yo‘nalishida Termizdagi erkin iqtisodiy zona, 7 mlrd dollarlik Trans-Afg‘on temir yo‘li va 1000 MW quvvatli Surxon–Puli-Xumri LEP kabi loyihalar amalga oshirilmoqda. bugungi kunda O‘zbekiston Afg‘onistonda iste’mol qilinayotgan elektrning 60 foizidan ortig‘ini yetkazib bermoqda. Shuningdek, suv tejash maqsadida paxta yetishtirish hajmini qisqartirib, to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish ham nazarda tutilgan. Bu jarayonda paxta importini Turkiya va Bangladeshdan amalga oshirish taklif etilmoqda. Hukumatning fikricha, xavfsizlikni ta’minlashning eng samarali yo‘li – Afg‘onistonni izolyatsiya qilish emas, iqtisodiy va ta’lim sohalari orqali integratsiyalashdir. Bu ekstremizmga qarshi foydali usul sifatida ko‘rilyapdi. Afg‘onistonning strategik minerallar zaxiralari ham O‘zbekiston uchun katta imkoniyat yaratadi. Biroq investitsiya, suv va logistika yetkazib berish talab etilar ekan, bu sohada ham muloqot va hamkorlik ustuvor ahamiyat kasb etadi. 2025 yil aprelda Yevropa Ittifoqi rahbarlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurib, mintaqadagi hamkorlikni kengaytirish niyatini bildirishdi. Prezident Mirziyoyev xalqaro sheriklarni Afg‘onistonni tiklash jarayoniga faol jalb etishga chaqirdi. Bu borada «Termiz muloqoti» deb nomlangan yangi diplomatik platforma tashkil etildi. Ayni paytda, Xitoy va Eron Sharqiy Xitoydan Tehrongacha yangi temir yo‘l yo‘nalishini ishga tushirdi. Garchi bu loyiha Afg‘oniston orqali o‘tmasa-da, mintaqa transport uzeli sifatida shakllanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston Afg‘oniston orqali yangi strategiyani amalga oshirmoqda | Vaqt.uz