add

O‘zbekiston AQSH vizasi rad etilishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda peshqadam

24.06.2025 | 08:2935323

AQSH Davlat departamentining 2024 yilgi rasmiy statistikasiga ko‘ra, O‘zbekiston B1/B2 turdagi vizalarni rad etish bo‘yicha Markaziy Osiyoda eng yuqori ko‘rsatkichga ega mamlakat bo‘ldi: har uch arizachidan ikkisi rad javob olgan.

O‘zbekiston AQSH vizasi rad etilishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda peshqadam
2024 fiskal yili yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari tomonidan berilgan turistik va ishbilarmonlik vizalari (B1/B2) bo‘yicha arizalarning 64,41 foizi rad etilgan. Bu ko‘rsatkich nafaqat Markaziy Osiyoda, balki jahon miqyosida ham yuqori darajada hisoblanadi. Qiyoslash uchun, Turkmanistonda rad etish darajasi 58,80 foiz, Qozog‘istonda — 46,29 foiz, Tojikistonda — 45,24 foiz va Qirg‘izistonda — 39,14 foi zni tashkil qilgan. O‘zbekiston esa bu borada mintadaqada «peshqadam». 2023 yilda bu ko‘rsatkich 59,56 foizni tashkil etgan edi. Ya’ni, bir yilda rad etish darajasi qariyb 5 foizga oshgan. Bu tendensiya nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqa fuqarolari uchun AQSH vizasini olishda murakkablashuvni ko‘rsatadi. Mutasaddilar ta’kidlashicha, bunday rad etish holatlari asosan hujjatlar to‘liq emasligi, moliyaviy kafolatlar yetishmasligi va AQSHda uzoq qolish xavfi deb baholanuvchi holatlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, intervyu jarayonida konsullik xodimlarini ishontiruvchi dalil va bog‘liqliklar yetishmasligi ham muhim omil sifatida qayd etiladi. AQSH vizalari bo‘yicha «Adjusted refusal rate» — ya’ni rad etishning maxsus hisoblangan ko‘rsatkichiga ko‘ra, B1/B2 vizalar uchun berilgan arizalarning faqat tasdiq yoki rad etilgan qismi hisobga olinadi. Fiskal yil deganda esa 2023 yil 1 oktyabridan 2024 yil 30 sentyabrigacha bo‘lgan davr nazarda tutiladi.

Teglar

Mavzuga oid