add

O‘zbekiston chiqindilarni boshqarish sohasida Finlandiya bilan hamkorlik qiladi

Hamkorlik chiqindilarni utilizatsiya qilish va ularning qiymatini oshirish texnologiyalarini ishlab chiqish hamda joriy etish sohasini rivojlantirishni ko‘zda tutadi.

O‘zbekiston chiqindilarni boshqarish sohasida Finlandiya bilan hamkorlik qiladi

Toshkentda Finlandiya Prezidenti Aleksandr Stubbning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida «O‘zbekiston – Finlandiya» biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Finlandiya Respublikasining «EPSE Oy» kompaniyasi o‘rtasida «O‘zbekiston Respublikasida chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha «Green Zone» sanoat markazini barpo etish sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida»gi anglashuv memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida O‘zbekiston hududida chiqindilarni utilizatsiya qilish va ularning qiymatini oshirish texnologiyalarini ishlab chiqish hamda joriy etish sohasini rivojlantirishga kelishib olindi.

Shuningdek, chiqindilarni iqtisodiy qiymatga ega mahsulotlarga aylantirishga qaratilgan sanoat ob’ektlari va innovatsion maydonchalar yaratish, ilg‘or texnologiyalar, bilim va kompetensiyalarga asoslangan o‘zaro manfaatli hamkorlik shakllarini o‘rganish va amalga oshirish nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 42 ta maishiy chiqindi poligoni faoliyati tugatilib, 90 gektarga yaqin yer maydoni tabiatga qaytarilgani haqida xabar qilgandik.

Teglar

Mavzuga oid

undefined | Vaqt.uz