
O‘zbekiston delegatsiyasi yangi Rim Papasining lavozimga kirishish marosimida ishtirok etdi
19.05.2025 | 11:309162
18 may kuni Vatikan shahrida Rim Papasi Leo XIV ning rasman lavozimga kirishish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov mamlakatimiz nomidan rasmiy delegatsiya rahbari sifatida ishtirok etdi.

Dunyoning turli burchaklaridan kelgan 250 mingga yaqin mehmon to‘plangan ushbu marosimda 156 ta davlat, qirollik uylari hamda diniy konfessiyalarning rasmiy delegatsiyalari qatnashdi.
Marosimning rasmiy qismi yakunlanganidan so‘ng, Spiker Nuriddin Ismoilov yangi saylangan Rim Papasini tabriklab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy tabriklari va iliq salomlarini yetkazdi. Rim Papasi Leo XIV esa, o‘z navbatida, O‘zbekiston rahbariyatiga va xalqiga chuqur minnatdorlik bildirib, mamlakatimiz bilan do‘stona aloqalarni mustahkamlashga umid bildirdi.
Mazkur tashrif O‘zbekistonning Vatikan va jahon hamjamiyati bilan konstruktiv muloqotni yanada rivojlantirishga intilayotganining yana bir amaliy dalilidir.
Eslatib o‘tamiz eski avvalgi Rim papasi Fransisk 2025 yilning 21 aprelida 88 yoshida vafot etganidan so‘ng, Leo XIV yangi Rim Papasi etib saylangan edi.





