add

O‘zbekiston elchisi Turkiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Ilhom Haydarov Turkiya prezidenti Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

O‘zbekiston elchisi Turkiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Rasmiy marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi chuqurlashtirilgan keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan. O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari o‘rtasida samimiy va do‘stona munosabatlar qaror topgani alohida ta’kidlangan. Yil oxiriga qadar rejalashtirilgan oliy va yuqori darajadagi tadbirlarga e’tibor qaratilgan. O‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni, iqtisodiy diplomatiyani yanada rivojlantirish uchun yuqori salohiyat mavjudligi, yaqin yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard AQSH dollariga yetkazishning muhimligi qayd etilgan. Turkiya prezidenti O‘zbekiston elchisiga o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi hamda diplomatning o‘z vazifalarini ado etishida barcha davlat tashkilotlari yaqindan ko‘mak berishini qayd etgan. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Turkiyaga yangi tayinlangan elchisi Ilhom Haydarov 16 iyun kuni Anqara shahriga yetib borgan edi. U shu kunning ikkinchi yarmida Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Protokol Bosh boshqarmasi boshlig‘i, elchi Ahmet Jemil Mirog‘luga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Ilhom Haydarov Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi etib saylangan Alisher Agzamxodjayev o‘rniga tayinlangan.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston elchisi Turkiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi | Vaqt.uz