add

O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz kirish mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxati e’lon qilindi

01.08.2025 | 19:0010652

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi fuqarolar uchun vizasiz tarzda safar qilish mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mamlakat fuqarolari hozirgi kunda dunyo bo‘ylab 34 ta davlatga vizasiz kirishi mumkin.

O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz kirish mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxati e’lon qilindi
Vizasiz safar qilish imkoniyatini beruvchi ushbu davlatlar orasida Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, BAA, Tailand, Malayziya, Gruziya, Armaniston kabi turli mintaqalarda joylashgan mamlakatlar mavjud. Tashqi ishlar vazirligi ushbu ro‘yxat ni Telegram’dagi rasmiy sahifasida taqdim etdi. Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari 29 ta davlatga kirib kelgan paytda, chegarada turib viza olishi mumkin. Ular qatorida Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Yamayka, Maldiv orollari, Nepal va boshqalar bor. Yana 13 ta davlatga esa elektron tarzda — uydan turib onlayn ariza topshirib, viza olish orqali safar qilish mumkin. Masalan, Hindiston, Vetnam, Efiopiya, Nigeriya va Gabon elektron viza orqali sayohatni amalga oshirish mumkin bo‘lgan davlatlar sirasiga kiradi.

Teglar

Mavzuga oid