
O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz sayohat imkoniyatlari kengaymoqda
03.08.2025 | 21:3010223
bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari 40 ga yaqin davlatga vizasiz kirishi, yana 42 ta mamlakatga esa soddalashtirilgan tartibda borishlari mumkin.
2023–2025 yillarda Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Tailand, O‘mon, Eron kabi 10 ga yaqin davlat bilan vizasiz rejim joriy etildi. Shuningdek, Saudiya Arabistoni, Qatar, Vetnam kabi mamlakatlar viza talablarini yengillashtirdi.
Vizasiz sayohat mumkin bo‘lgan davlatlar qatoriga Yevropa va MDHda Armaniston, Belarus, Moldova, Gurjiston, Ozarboyjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Ukraina kiradi. Osiyoda BAA, Eron, Mo‘g‘uliston, Malayziya, Tailand, Tojikiston, Turkiya, Shri-Lanka, Xitoy, O‘mon va Filippinlar mavjud. Afrikada Keniya, Gambiya, Kot-d’Ivuar, Namibiya, Seyshel orollari, Amerika va Karib dengizi hududida esa Antigua va Barbuda, Barbados, Dominika, Gaiti, Grenada, Sent-Vinsent va Grenadinalar, Surinam bor. Yaqin Sharqda esa Falastinga vizasiz kirish mumkin.
Tashqi ishlar vazirligi ayrim davlatlarda vizasiz yoki soddalashtirilgan tartibda sayohat qilish muddati cheklanganini (masalan, 30 yoki 90 kun) esga soladi va safar oldidan yangilangan ma’lumotlarni tekshirishni tavsiya etadi.\
Hozirda yana o‘nlab davlatlar bilan vizasiz yoki yengillashtirilgan tartibda sayohat qilish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Vazirlik ushbu yo‘nalishdagi ishlarini izchil davom ettirib, fuqarolar uchun xalqaro sayohat imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.





