add

O‘zbekiston har oyda 1 milliondan ortiq xorijiy turistni qabul qilmoqda

16.10.2025 | 17:0025583

2025 yilning to‘qqiz oyi davomida O‘zbekistonga 8,6 milliondan ziyod xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 112,5 foizga ko‘pdir.

O‘zbekiston har oyda 1 milliondan ortiq xorijiy turistni qabul qilmoqda
2025 yil aprelidan boshlab O‘zbekiston har oyda 1 milliondan ortiq xorijiy turistni qabul qilmoqda. Bu ko‘rsatkich mamlakat turizm sohasi uchun yangi tarixiy marra bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi. Joriy yilning birinchi to‘qqiz oyida 8,6 milliondan ziyod sayyoh mamlakatga tashrif buyurgan. Bu natija 2024 yilning shu davriga nisbatan 112,5 foiz o‘sishni ko‘rsatadi. Turizm sohasidagi bu o‘sish xalqaro hamkorlik, infratuzilmani rivojlantirish va milliy brendni ilgari surish bo‘yicha amalga oshirilgan keng ko‘lamli choralar samarasidir. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayniqsa bir qator davlatlardan kelayotgan turistlar oqimi keskin oshgan. Britaniyadan tashriflar 2,6 baravarga, Qatardan 6,2 baravarga, AQSHdan 3 baravarga, Fransiyadan 2,9 baravarga, Rossiyadan 2,1 baravarga, Vengriyadan 3,3 baravarga, Germaniyadan 2,5 baravarga, Polshadan esa 6,2 baravarga ko‘paygan. Bundan tashqari, 2025 yilda turistik xizmatlar eksporti ham rekord darajaga — 3,6 milliard AQSH dollariga yetdi. Bu ko‘rsatkich O‘zbekiston iqtisodiyotida turizmning ahamiyati ortganini va sohaning eksport salohiyati kengayayotganini ko‘rsatadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yetakchi xalqaro media platformalar bilan hamkorlik qilish, xorijda roud-shoular o‘tkazish, ko‘rgazmalarda faol ishtirok etish va chet el ommaviy axborot vositalarida maqolalar chop etish mamlakat brendini jahon miqyosida mustahkamlashda muhim rol o‘ynamoqda.

Teglar

Mavzuga oid