add

O‘zbekiston iqtisodiyotini kim «ko‘taryapti» — kichik biznesmi yo katta?

29.07.2025 | 12:3017687

O‘zbekistonda kichik biznes sub’ektlari soni 2025 yilning dastlabki yarim yilligida 1 mln 200 mingdan oshdi. Bu esa har ming aholiga o‘rtacha 32 ta tadbirkorlik sub’ekti to‘g‘ri kelayotganini ko‘rsatadi.

O‘zbekiston iqtisodiyotini kim «ko‘taryapti» — kichik biznesmi yo katta?
Milliy statistika qo‘mitasi 2025 yilning yanvar-iyun oylariga oid kichik tadbirkorlik statistikasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, kichik tadbirkorlik sub’ektlari mamlakatning yalpi ichki mahsulotiga 49,6 foiz hissa qo‘shgan. O‘tgan yilning shu davrida ko‘rsatkich 47,5 foizni tashkil qilgan edi. E’tiborlisi, yalpi ichki mahsulotning deyarli yarmi kichik tadbirkorlik sub’ektlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu raqam kichik biznesning iqtisodiy tizimda qanchalik muhim o‘rin tutayotganini yaqqol ko‘rsatadi. Ular faqat tovar va xizmatlar ishlab chiqaribgina qolmay, mamlakatdagi ish o‘rinlari, soliq tushumlari va mahalliy iqtisodiy faollikning asosiy manbasiga aylanmoqda.   Kichik tadbirkorlik sub’ektlari taqsimoti qanday? Kbiz 01 2025 yilning birinchi yarim yilligi yakuniga ko‘ra, 1 mln 200 mingdan ortiq kichik tadbirkorlik sub’ektlari mavjud. Ular:
  • Kichik korxona va mikrofirma – 487,1 mingta (2024 yilning 1-oktyabr holatiga ko‘ra 399 mingta);
  • Yakka tartibdagi tadbirkorlar (YATT) – 270,6 mingta;
  • Dehqon xo‘jaliklari – 414,3 mingta;
  • Oilaviy tadbirkorlar – 5,9 mingta;
  • Hunarmandlar – 21,6 mingta;
  • Import mahsulotlari sotuvchilari – 1,0 mingta.
Tahlilda qayd qilinishicha, har ming aholiga 31,8 kichik tadbirkorlik sub’ekti to‘g‘ri kelgan. Eng yuqori ko‘rsatkichlar Toshkent shahrida 42,4, Xorazm viloyatida 40,5, Buxoro viloyatida 38,4 birlikni tashkil etgan.   YAIMdagi ulush qancha? Kbiz 02 2025 yilning yanvar —iyun oylarida yalpi ichki mahsulot (YAIM) tarkibida kichik tadbirkorlik sub’ektlarining ulushi 49,6 foizni tashkil etdi. Boshqacha qilib aytganda, mamlakat iqtisodiy salohiyatining yarmiga yaqin qismini kichik biznes tashkil qilyapti. Avvalroq, 2025 yilning yanvar-mart oylarida  kichik bizneslar tomonidan 145,8 trln so‘mlik qo‘shilgan qiymat yaratilgani, bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining 45,6 foizini tashkil qilgani haqida ma’lumot bergan edik. Kichik tadbirkorlik sub’ektlari iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa eng yuqori ulush quyidagicha bo‘ldi:
  • Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi — 97 foiz;
  • Qurilish — 79,4 foiz;
  • Xizmat ko‘rsatish — 43,9 foiz;
  • Sanoatda — 26,1 foiz.
  Sanoat Kbiz 03 Kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 2025 yilning yanvar—iyun oylarida  161 mlrd 959 ming so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu sanoat ishlab chiqarish hajmining 33,2 foizini tashkil qiladi. O‘sish sur’ati 2024 yilning shu davriga nisbatan 118,4 foiz.   Qurilish Kbiz 04 2025 yilning yanvar–iyun oylarida kichik tadbirkorlar tomonidan 106 mlrd  790 ming so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Bu umumiy qurilish hajmining 77,6 foizini tashkil etdi. 2024 yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,6 foizni ko‘rsatmoqda.   Savdo xizmatlari Kbiz 05  Chakana savdo aylanmasida kichik biznesning ulushi 81,8 foiz, ya’ni 162 mlrd 483 ming so‘m bo‘lgan. O‘sish sur’ati 108,7 foizni tashkil etgan. Xizmatlar sohasida ulush 54,8 foiz bo‘lib, 250 mlrd 892 mingni qayd qildi.   Transport Kbiz 06 2025 yilning yanvar–iyunida yuk tashishning 51,4 foizi, yuk aylanishining esa 76,6 foizi kichik tadbirkorlar hissasiga to‘g‘ri keldi. Bu o‘tgan yilga nisbatan mos ravishda 106,9 % va 106,5 % o‘sishni ko‘rsatdi. Dastlabki yarim yillikda avtomobil transportida yo‘lovchi tashish xizmatlarining 90,5 foizi kichik tadbirkorlik sub’ektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 3,4 foizga oshgan. Yo‘lovchi aylanishining 95,3 foizi ham aynan kichik tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 102,8 foizni tashkil etdi. Avvalroq, may oyida kichik bizneslar soni 377 ming 833 tani tashkil qilgani va ularning 23 foizdan ortig‘i Toshkent shahrida ekanligi haqida ma’lumot bergan edik. Mahliyo Hamidova tayyorladi     Meta:          

Teglar

Mavzuga oid