
O‘zbekiston jahon gender tengligida yuqori natijalarga erishdi
29.09.2025 | 20:3042543
Ayniqsa, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida ijobiy o‘sish qayd etilgan.

Jahon iqtisodiy forumi tomonidan e’lon qilingan «Global Gender Gap Report 2025» hisobotiga ko‘ra, dunyoda gender tenglik darajasi 68,8 foizga yetdi. Bu so‘nggi yillarda eng yuqori o‘sish sur’ati sifatida qayd etilmoqda.
O‘zbekiston indeksda 148 davlat orasidan 0,678 ball bilan 110-o‘rinni egalladi. Mamlakat ayniqsa ta’lim sohasida 0,998 ball va sog‘liqni saqlashda 0,955 ball to‘plab, yuqori ko‘rsatkichlarga erishdi. Bu esa sohalarda ayollar va erkaklar uchun imkoniyatlar deyarli tengligini anglatadi.
Siyosiy vakillik sohasida ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. O‘zbekiston bu yo‘nalishda 89-o‘rindan 82-o‘ringa ko‘tarildi. Shu bilan birga, mamlakat Markaziy Osiyoda siyosiy vakillikda 20 foizdan yuqori darajaga erishgan davlatlar qatorida qayd etildi. Bu esa ayollarning davlat boshqaruvida faol ishtirokini ta’minlashda amaliy qadamlar qo‘yilayotganini ko‘rsatadi.
Jahon reytingida esa Islandiya, Finlyandiya, Norvegiya, Buyuk Britaniya va Yangi Zelandiya yetakchilik qilmoqda. Ular gender tengligini ta’minlashda samarali siyosat yuritishi bilan alohida ahamiyatga ega.
Mutaxassislar fikricha, O‘zbekistondagi ijobiy dinamika keyingi islohotlar uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu jarayon mamlakatda gender tengligini ta’minlash yo‘nalishidagi harakatlar samara bermoqda, degan xulosani beradi.





