add

O‘zbekiston Kaspiy dengizida yuk tashish uchun paromlar sotib oladi

23.08.2025 | 19:004393

Transport vaziri Ilhom Mahkamovga ko‘ra, O‘zbekiston Kaspiy orqali yuk tashishni tezlashtirish uchun Turkmaniston va Ozarboyjonda ishlab chiqarilgan paromlardan xarid qilishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston Kaspiy dengizida yuk tashish uchun paromlar sotib oladi
O‘zbekiston Kaspiy dengizi orqali yuk tashish jarayonida yuzaga kelayotgan kechikishlarni bartaraf etish maqsadida Turkmaniston va Ozarboyjonda ishlab chiqarilgan paromlarni xarid qilishni ko‘zlamoqda. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov «Oʻzbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Transport Vazirning so‘zlariga ko‘ra, yuk tashish hajmi ortib borayotgan Kaspiyda yuklar 30–40 kungacha turib qolmoqda. O‘zbekistonga tegishli paromlar bo‘lsa, ushbu jarayonni ancha tezlashtirish imkoni paydo bo‘ladi. «Turkmaniston va Ozarboyjonda zamonaviy kemasozlik zavodlari mavjud. bugungi muzokaralarda shu korxonalarda tayyorlangan kemalarni xarid qilish masalasini muhokama qildik. Texnik va tijorat jihatlarini aniqlashtirish uchun tegishli hujjat imzolandi», — dedi Ilhom Mahkamov. Ma’lumot uchun, 2023 yil avgust oyida O‘zbekiston va Ozarboyjon prezidentlari Transkaspiy yo‘lagini rivojlantirish doirasida qo‘shma logistika kompaniyasini tashkil etish hamda uchinchi mamlakat portlarida omborlar qurish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Ozarboyjonning Trend nashri xabariga ko‘ra, 2023 yil sentyabrda ikki davlat 150 mlnlik parom ishlab chiqarish loyihasini ham muhokama qilgan. 2024 yil 2 iyulda esa transport vazirliklari o‘rtasida dengiz yo‘llari va kemasozlik bo‘yicha hamkorlik bayonnomasi imzolandi.  

Teglar

Mavzuga oid