add

O‘zbekiston kompaniyasi AQSHning ikkilamchi sanksiyasiga duchor bo‘ldi

Bugun 12:365201

AQSHning ikkilamchi sanksiyalari kompaniyalarning xalqaro hisob-kitoblarini cheklab, aktivlarini bloklash xavfini oshiradi va ular bilan hamkorlik qiluvchi tashkilotlar uchun ham tavakkalni kuchaytiradi.

O‘zbekiston kompaniyasi AQSHning ikkilamchi sanksiyasiga duchor bo‘ldi

AQSH Moliya vazirligi Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi. Unga O‘zbekistonning «Datavice» kompaniyasi va uning rahbari rossiyalik Maksim Makarov kiritildi.

Ma’lum qilinishicha, kompaniya ham, Makarov ham kiberjinoiy guruhlarni infratuzilma bilan ta’minlovchi AEZA Group xosting-provayderiga aloqador ekanligi taxmin qilinmoqda.

«Datavice» MCHJ 2025 yil iyulda Toshkentda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. iHamkor ma’lumotlariga ko‘ra, uning ta’sischisi, rahbari va bosh buxgalteri Maksim Makarov hisoblanadi. Kompaniyaning ustav fondi miqdori 24 million so‘mni tashkil etadi va 31-iyuldan boshlab IT Park rezidenti.

Biroq, OrgInfo ma’lumotlariga ko‘ra, 21-iyul holatiga kompaniya rahbari sifatida Rustam Ochilov ko‘rsatilgan.

Sanksiya kiritilishi «Datavice»ning xalqaro operatsiyalariga jiddiy cheklovlar qo‘yishi mumkin. AQSHning ikkilamchi sanksiyalari kompaniyalarning xalqaro hisob-kitoblarini cheklab, aktivlarini bloklash xavfini oshiradi va ular bilan hamkorlik qiluvchi tashkilotlar uchun ham tavakkalni kuchaytiradi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston kompaniyasi AQSHning ikkilamchi sanksiyasiga duchor bo‘ldi | Vaqt.uz