add

O‘zbekiston «LUKOIL»ga kiritilgan sanksiyalari yuzasidan qanday ish olib borayotgani aytildi

11.12.2025 | 20:015292 daqiqa

Energetika vaziridan «LUKOIL»ga kiritilgan sanksiyalar uning O‘zbekistondagi loyihalariga qanday ta’sir qilishi va sanksiyalar O‘zbekistonning yoqilg‘i-energetikasiga ham ta’sir qiladimi yoki yo‘qligi so‘raldi.

O‘zbekiston «LUKOIL»ga kiritilgan sanksiyalari yuzasidan qanday ish olib borayotgani aytildi

O‘zbekiston Rossiyaning eng yirik neft kompaniyalaridan biri «LUKOIL»ga nisbatan kiritilgan sanksiyalar masalasida AQSH Moliya vazirligining Tashqi aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) bilan ishlayapti. Bu haqda mamlakat energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida so‘z ochdi.

Majlisda deputat vazirga «LUKOIL»ga kiritilgan sanksiyalar uning O‘zbekistondagi loyihalariga qanday ta’sir qilishi va sanksiyalarning joriy etilishi O‘zbekistonning yoqilg‘i energetika sohasiga ham ta’sir qiladimi yoki yo‘qligi haqida so‘radi.

«Biz xalqaro normalarga, sanksiya rejimiga to‘liq rioya qilgan holda [«LUKOIL»ga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar masalasida] OFAC — AQSH Moliya vazirligining Tashqi aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi bilan bevosita ishlab turibmiz. Xalqaro huquqshunos jalb qilingan, LUKOIL masalasida ham birga ishlayapmiz», - dedi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov.

Sanksiyalar ostida qolgan LUKOIL

AQSH Moliya vazirligi yaqinda LUKOIL va uning sho‘ba tuzilmalarini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan edi. Qo‘shma Shtatlar kompaniyaga operatsiyalarni yakunlash uchun bir oy muhlat berdi. Bu holat ortidan LUKOIL o‘zining xalqaro aktivlarini sotish rejasini bildirgandi.

Avvalroq Shveysariyaning Gunvor Group treyderi «LUKOIL International GmbH»ni sotib olish bo‘yicha taklif bergan, ammo 7-noyabr kuni kompaniya bu rejadan voz kechganini ma’lum qildi. Bu qaror AQSH Moliya vazirligi Gunvor'ni Rossiya bilan aloqalar haqida ogohlantirganidan keyin qabul qilingan.

Avvalroq Yaqinda AQSH Moliya vazirligi Amerikaning yangi sanksiyalar paketiga LUKOIL va uning sho‘ba tuzilmalarini kiritdi. Qo‘shma Shtatlar LUKOIL va uning 50 foizi va undan ko‘p ulushga ega bo‘lgan sho‘ba korxonalari bilan operatsiyalarni yakunlash uchun bir oy muhlat berdi. Shundan so‘ng, LUKOIL cheklov choralari joriy etilishi munosabati bilan o‘zining xalqaro aktivlarini sotish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

30-oktabr kuni LUKOIL Gunvor group xalqaro neft treyding kompaniyasidan Rossiya kompaniyasining xorijiy aktivlariga egalik qiluvchi LUKOIL International GmbH kompaniyasini sotib olish bo‘yicha taklif olganini e’lon qildi. Ta’kidlash joizki, Shvetsariyaning Gunvor Group xomashyo treyderiga rossiyalik oligarx Gennadiy Timchenko va uning shvetsiyalik hamkori Torbern Ternkvist asos solgan.

Biroq, 7-noyabr kuni Gunvor o‘z taklifini qaytarib olishini ma’lum qildi. Kompaniya ushbu bayonotni AQSH Moliya vazirligi uning Rossiya bilan aloqalari haqida xabar berganidan va Rossiya-Ukraina urushi davom etayotgan bir paytda Gunvor biznes yuritish uchun litsenziya olmasligi to‘g‘risida ogohlantirganidan so‘ng berdi.

LUKOIL 11 mamlakatda, jumladan, Bolgariya, Ruminiya va Niderlandiyadagi neftni qayta ishlash zavodlari, Yevropadagi AYQSH tarmog‘i, Ozarboyjon, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Iroq, Misr, BAA, shuningdek, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi neft qazib olish loyihalari kabi aktivlarga egalik qiladi.

Teglar

Mavzuga oid