add

O‘zbekiston pensionerlariga noyabr oyida transport qatnovlariga chegirmalar beriladi

03.10.2025 | 08:0234853

Uzbekistan Airways va «O‘ztemiryo‘lovchi» noyabr oyida pensionerlar uchun avia va temiryo‘l yo‘nalishlarida vaqtinchalik chegirmalar joriy etmoqda.

O‘zbekiston pensionerlariga noyabr oyida transport qatnovlariga chegirmalar beriladi
O‘zbekistonda noyabr oyi davomida keksa yoshdagilar uchun aviaparvoz va temiryo‘l safarlariga maxsus chegirmalar amal qiladi. Uzbekistan Airways 30 sentyabrdan boshlab ichki yo‘nalishlarda iqtisodiy sinfda parvoz qiladigan yo‘lovchilar uchun 15 foizgacha chegirmalar taklif etmoqda. Aksiyadan 60 yoshdan katta erkaklar va 55 yoshdan katta ayollar foydalanishi mumkin. Chegirmalar 1–30 noyabr kunlari amal qiladi. Aviachiptalarni Uzbekistan Airways Sales filiallari, mamlakatdagi agentliklar hamda uzairways.com sayti orqali xarid qilish mumkin. Shu bilan birga, chegirma faqat yo‘lovchi tashish tariflariga tatbiq etiladi, soliq va yig‘imlarga taalluqli emas. «O‘ztemiryo‘lovchi» ham keksalar uchun aksiya e’lon qildi. Jumladan, 2–8 oktyabr va 1–30 noyabr kunlari mahalliy yo‘nalishlardagi barcha poyezdlarda (Afrosiyob yuqori tezlikli poyezdlari bundan mustasno) yo‘lkira narxining 20 foiz qismiga chegirma qo‘llaniladi. Temir yo‘l chiptalarini eticket.railway.uz orqali onlayn tarzda yoki barcha kassalardan xarid qilish imkoniyati mavjud. Avvalroq O‘zbekistondagi barcha aeroportlarning ICAO (BMT muassasasi bo‘lgan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti) kodi o‘zgargani, UT kodi o‘rniga aeroportlarning O‘zbekistonga tegishliligini anglatuvchi UZ kodi qo‘llanilishi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston pensionerlariga noyabr oyida transport qatnovlariga chegirmalar beriladi | Vaqt.uz