
O‘zbekiston Qatar diplomatlari avariyada halok bo‘lgani yuzasidan hamdardlik bildirdi
12.10.2025 | 19:0142972
Misrning Sharm ash-Shayx shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida Qatar Amiri Devoni xodimlaridan uch nafar kishi halok bo‘ldi. O‘zbekiston xalqi va hukumati qatorlik xalqqa samimiy hamdardlik izhor etdi.

Misr Arab Respublikasining Sharm ash-Shayx shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida Qatar Davlati Amiri Devonida xizmat qilgan uch nafar xodim halok bo‘lgan.
«Qatar hukumatiga va xalqiga, shuningdek, halok bo‘lganlarning oila a’zolari hamda yaqinlariga chuqur hamdardligimizni bildiramiz. Shuningdek, ushbu hodisada jarohat olganlarga tezroq sog‘ayib ketishlarini tilaymiz», deyiladi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi bayonotida.
Qatar va Misr rasmiy idoralari hodisa sabablarini aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Hozircha voqea tafsilotlari ochiqlanmagan.
Avvalroq Misrda G‘azo bo‘yicha sammit oldidan Qatar delegatsiyasi avtohalokatga uchragani haqida xabar bergan edik.





