add

O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida benzin kontrabandasiga mo‘ljallangan yerosti yo‘li topildi

20.08.2025 | 19:4033794

O‘zbekistonning yoqilg‘i bozoridagi qimmat narx Qozog‘istondan ancha farq qilishi jinoyatchilar uchun manfaat manbai bo‘lmoqda. 450 metr uzunlikda yer osti yo‘li buning isbotidir.

O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida benzin kontrabandasiga mo‘ljallangan yerosti yo‘li topildi
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida 450 metr uzunlikda yer osti yo‘li orqali noqonuniy benzin tashish holati aniqlandi. Bu ish Turkiston viloyatidagi eng yirik kontrabanda jinoyati sifatida qayd etildi va sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Nur.kz xabar berdi. Qayd etilishicha, joriy yilning 18 avgust kuni Turkiston viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha maxsuslashtirilgan sudi besh nafar shaxsga nisbatan sud ishni ko‘rib chiqqan. Ularga transmilliy uyushgan jinoiy guruh tuzish, neft mahsulotlarini o‘g‘irlash va chegara orqali noqonuniy tashish ayblovlari qo‘yilgan. Sud qaroriga ko‘ra, guruh rahbari 15 yilga, to‘rt nafar a’zosi esa 13 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Jinoiy ish doirasida davlat foydasiga 3 million tenge pul, 16 ming litr AI-92 markali benzin hamda «ZIL» va «GAZ» rusumli yuk mashinalari musodara qilindi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, guruh rahbari K. O‘zbekistonda benzin narxi yuqoriligidan foydalanish uchun O‘zbekiston fuqarosi R. bilan til biriktirgan. Ular Sariag‘ash tumani Sarqirama qishlog‘ida yer osti quvuri qurishgan. Quvurning bir qismi Qozog‘iston, ikkinchi qismi esa O‘zbekiston hududiga chiqarilgan. 2024 yilning avgustidan dekabriga qadar jinoiy guruh 420 tonnadan ziyod AI-92 benzinini chegaradan bojxona nazoratisiz olib o‘tgan. Uning bozor qiymati 112 million tengeden ortiq deb baholandi. Bu holat nafaqat kontrabanda masshtabini ko‘rsatdi, balki O‘zbekistondagi yoqilg‘i bozoridagi narx farqlari ham jinoyatchilar uchun manfaat manbai ekanini yana bir bor ochiq qildi.

Teglar

Mavzuga oid