add

O‘zbekiston simli internet tezligi bo‘yicha pastladi

17.07.2025 | 21:0037892

2025 yil iyun oyi uchun Speedtest Global Index reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda simli internet tezligi pasaydi va mamlakat 76-o‘rinni egalladi. Mobil internetda esa o‘zgarish kuzatilmadi.

O‘zbekiston simli internet tezligi bo‘yicha pastladi
Speedtest Global Index tomonidan e’lon qilingan 2025 yil iyun oyi uchun yangilangan reytingda O‘zbekiston simli internet bo‘yicha 76-o‘rinni egalladi. Bu may oyiga nisbatan to‘rt pog‘ona pastlashni anglatadi. Hozirgi kunda mamlakatda simli internetning o‘rtacha tezligi 86,75 Mbit/s. Mobil internet bo‘yicha esa O‘zbekiston 71-o‘rinda qoldi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarmagan va o‘rtacha tezlik 55,78 Mbit/s ni tashkil etmoqda. Jahon bo‘yicha eng tez mobil internet Birlashgan Arab Amirliklarida qayd etilgan — 546,14 Mbit/s. Simli internetda esa yetakchilik Singapurga tegishli — 393,15 Mbit/s.

Teglar

Mavzuga oid