O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 44,4 mlrd dollarga yetdi
21.08.2025 | 15:5018404
Joriy yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekiston tashqi savdo hajmi sezilarli darajada o‘sgan. Asosiy omil sifatida oltin eksporti qayd etilmoqda.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 7 oylik davrda tashqi savdo aylanmasi 44,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 7,4 mlrd dollarga yoki 19,9 foizga ko‘pdir. Shu bilan birga, savdo balansida 4,1 mlrd dollarlik manfiy saldo qayd etilgan.
Eksport hajmi 20,1 mlrd dollarga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 34,9 foizga oshgan. Umumiy eksportning qariyb 38 foizini 7,6 mlrd dollarlik nomonetar oltin egalladi. Shuningdek, sanoat tovarlari (11,1 foiz), oziq-ovqat va tirik hayvonlar (7,5 foiz), kimyoviy vositalar (5,8 foiz), mineral yoqilg‘i va moylash materiallari (4,4 foiz) asosiy eksport yo‘nalishlari bo‘ldi.
Shuningdek, import hajmi 24,3 mlrd dollarga yetib, 9,9 foizga ko‘paygan. Uning tarkibida mashinalar va transport asbob-uskunalari 33,3 foiz, sanoat tovarlari 16 foiz, kimyoviy mahsulotlar 12,8 foiz ulushga ega bo‘ldi. Jami tovarlar importi 21,8 mlrd dollarga yetdi, xizmatlar importi esa 2,5 mlrd dollarni tashkil qildi.
Iyul oyi kesimida mamlakat 1,1 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Shu orqali yil boshidan buyon umumiy oltin eksporti 7,7 mlrd dollarga yetdi, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 83,7 foizga ko‘p. Eksport umumiy hajmi 3,2 mlrd dollar bo‘lib, 75,5 foizlik o‘sish qayd etildi. Oltinsiz eksport 15,1 foizga, oltin, energetika va xizmatlarsiz eksport esa 11,6 foizga ko‘tarildi. Shu bilan birga, energetika mahsulotlari eksporti 28,9 foizga qisqardi.
Tashqi savdoda Xitoy asosiy hamkor bo‘lib qolmoqda. Joriy yilning yetti oyida Xitoy bilan savdo aylanmasi 8,1 mlrd dollarga yetdi. Rossiya bilan savdo hajmi 7,2 mlrd dollar, Qozog‘iston bilan esa 2,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Iyul oyida Xitoyga eksport 6,6 foizga, Turkiyaga esa 26,4 foizga o‘sdi. Shuningdek, Afg‘oniston (26,9 foiz), Qirg‘iziston (2,3 barobar) va Pokistonga (49,4 foiz) eksport yuqori sur’atlarda o‘sgani qayd etildi.