add

O‘zbekiston TIV: fuqarolarga Isroil va Eronga bormaslik tavsiya etildi

23.06.2025 | 12:0034831

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashganini inobatga olib, fuqarolarga Isroil va Eronga safar qilmaslikni tavsiya qildi. Mazkur davlatlarda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklardan esa xavfsizroq hududlarga chiqib ketishlari so‘raldi.

O‘zbekiston TIV: fuqarolarga Isroil va Eronga bormaslik tavsiya etildi
Rasmiy ma’lumotda qayd etilishicha, mintaqadagi ziddiyatlar kuchayishi O‘zbekistonda jiddiy xavotir uyg‘otgan. Tashqi ishlar vazirligi har doim barcha tomonlarni tinchlikka chorlab kelganini eslatdi. Vazirlik o‘z fuqarolaridan ehtiyotkor bo‘lish, rasmiy manbalar orqali e’lon qilinayotgan ma’lumotlarni doimiy ravishda kuzatib borishni so‘radi. Shuningdek, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida zarur choralar ko‘rilayotgani ma’lum qilindi.

Teglar

Mavzuga oid