O‘zbekiston Tojikiston eksport qilayotgan ko‘mirning deyarli hammasini sotib olgan
Ko‘mir savdosi Tojikiston iqtisodiyotiga taxminan 6,5 million dollar daromad keltirgan.
© Фото: Asia-Plus2025 yilda Tojikiston xorijga jami 558,7 ming tonna ko‘mir yetkazib bergan. Shundan 558,2 ming tonnasi O‘zbekiston tomonidan sotib olingan. Boshqa bir qo‘shnisi — Afg‘onistonga atigi 474 tonna ko‘mir yuborilgan. Bu haqda Tojikiston sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Sherali ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Tojikistonda 2025 yilda 2,8 million tonnadan ortiq ko‘mir qazib olingan. Bu 2024 yilga nisbatan 235 ming tonnaga yoki 10 foizga ko‘p. Ko‘mir qazib olish ishlari 20 ta korxona tomonidan 15 ta konda olib borilgan.
Eksport hajmi
Tojikiston xorijga 558,7 ming tonna ko‘mir yetkazib bergan, bu 2024 yilga nisbatan 42 foizga ko‘pdir. Asosiy xaridor O‘zbekiston bo‘lgan, u umumiy hajmning 99,91 foizini yoki 558,2 ming tonnasini sotib olgan. Afg‘oniston esa atigi 474 tonna ko‘mir xarid qilgan. Ko‘mir eksporti mamlakatga taxminan 6,5 million dollar daromad keltirgan.
Tojikiston ichida 2,27 million tonna ko‘mir realizatsiya qilingan bo‘lib, shundan 800 ming tonnasi Dushanbedagi 2-Issiqlik elektr markaziga yetkazib berilgan. Taxminan 451 ming tonnasi aholiga sotilgan.
Qayd etilishicha, yaqin yillarda yangi ko‘mir korxonalarini qurish rejalashtirilgan. Ko‘mir sanoatiga investitsiyalarni jalb qilish va ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish bo‘yicha Rossiya, Xitoy, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va O‘zbekiston kompaniyalari bilan ish olib borilmoqda.





