add

O‘zbekiston va Italiya atom energetikasida hamkorlikni kuchaytiradi

Samarqandda «O‘zatom» agentligi va Italiyaning «Ansaldo Energia S.p.A.» kompaniyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjat kadrlar tayyorlash, ilmiy salohiyatni oshirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishni nazarda tutadi.

O‘zbekiston va Italiya atom energetikasida hamkorlikni kuchaytiradi
Memorandum 28 may kuni, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni ishtirokida o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar doirasida imzolandi. Ushbu hamkorlik atom energetikasi sohasidagi uzoq muddatli rejalarga yo‘l ochishi kutilmoqda. «Ansaldo Energia S.p.A.»kompaniyasi Yevropada yetakchi hisoblanadi. U gaz va bug‘ turbinalari, generatorlar ishlab chiqarish va ularni texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ixtisoslashgan. Shu bilan birga, kompaniya atom energetikasi bo‘yicha ham sho‘’ba korxonalar orqali faoliyat yuritadi. Agentlik axborotiga ko‘ra, hamkorlik doirasida O‘zbekiston mutaxassislarining malakasini oshirish, ilg‘or texnologiyalardan foydalanish va mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish rejalashtirilgan. Bu nafaqat iqtisodiy, balki strategik ahamiyatga ega qadam sifatida baholanmoqda. Mazkur kelishuv ikki davlat o‘rtasidagi texniko-iqtisodiy aloqalarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Shu orqali O‘zbekistonda barqaror energetika salohiyatini rivojlantirishga turtki berilishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Italiya atom energetikasida hamkorlikni kuchaytiradi | Vaqt.uz