add

O‘zbekiston va Ozarboyjon jinoyat faoliyati bilan bog‘liq mobil qurilmalar bo‘yicha axborot almashadi

Ikki davlat o‘rtasida klonlangan, o‘g‘irlangan yoki jinoyat faoliyatida ishlatilgan mobil qurilmalar haqida ma’lumot almashish to‘g‘risidagi xalqaro bitim tasdiqlandi.

O‘zbekiston va Ozarboyjon jinoyat faoliyati bilan bog‘liq mobil qurilmalar bo‘yicha axborot almashadi

O‘zbekiston va Ozarboyjon hukumatlari jinoyat faoliyati bilan bog‘liq mobil qurilmalar haqida axborot almashishni ko‘zda tutuvchi xalqaro shartnoma tuzdi. Mazkur bitim Prezidentning 2025 yil 3-noyabrdagi PQ–335-sonli «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston va Ozarboyjon hukumatlari o‘rtasida klonlangan, o‘g‘irlangan, yo‘qolgan va jinoyat faoliyati bilan bog‘liq mobil qurilmalar haqida axborot almashishni tashkil etish bo‘yicha bitim rasman tasdiqlandi. 

Qaror mamlakatlar o‘rtasida kiberxavfsizlik va raqamli xavflarga qarshi kurash sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishni ko‘zda tutadi. Yangi mexanizm orqali ikki davlat huquqni muhofaza qilish organlari jinoyatlarda qo‘llanilgan yoki qonunbuzarlik natijasida yo‘qolgan mobil qurilmalarni tezkor aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Qarorga muvofiq, Raqamli texnologiyalar vazirligi ushbu xalqaro bitimni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi. Vazirlar Mahkamasi va tegishli idoralar esa hujjat kuchga kirgandan so‘ng uning qoidalarining to‘liq bajarilishini ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarboyjon armiyasi to‘liq NATO standartlariga o‘tayotganligi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Ozarboyjon jinoyat faoliyati bilan bog‘liq mobil qurilmalar bo‘yicha axborot almashadi | Vaqt.uz