add

O‘zbekistonda 1 iyuldan uy sotib olishda eskrou tizimi joriy etiladi

22.06.2025 | 08:3020543

Ko‘chmas mulk shartnomalari yangi shaffof va xavfsiz mexanizm orqali amalga oshiriladi. Ushbu tizim qurilishda moliyaviy intizomni kuchaytirishi hamda mijozlar uchun xavfsiz muhit yaratishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda 1 iyuldan uy sotib olishda eskrou tizimi joriy etiladi
2025 yil 1 iyuldan O‘zbekistonda uy-joy xarid qilish jarayonida eskrou tizimi amaliyotga joriy etiladi. Bu tizim orqali qurilish sohasida shaffoflik va moliyaviy tartib ta’minlanishi, fuqarolar huquqlari esa mustahkam himoya qilinishi kutilmoqda. Yangi tartibga ko‘ra, xaridorlar mablag‘i to‘g‘ridan to‘g‘ri qurilish kompaniyasiga berilmaydi. Aksincha, pullar maxsus bank hisobvarag‘ida saqlanadi va qurilish ishlari kamida 30 foizga bajarilganidan so‘nggina quruvchiga o‘tkaziladi. Bu mexanizm qurilishning amaliy holati bilan moliyaviy hisob-kitobni bog‘laydi. Shartnomalar faqat davlat ro‘yxatidan o‘tgan ob’ektlar bo‘yicha tuzilishi mumkin. Shuningdek, «Shaffof qurilish» axborot tizimi orqali ma’lumotlar nazorati va soliq organlariga avtomatik yuborish ta’minlanadi. Ushbu tizim 2025 yil 31 dekabrgacha amaldagi usullar bilan parallel ravishda qo‘llaniladi. 2026 yil 1 yanvardan esa shartnomalar faqat eskrou hisobvaraqlar orqali amalga oshiriladi. Shu bilan birga, ko‘chmas mulk xaridiga doir ushbu tizim qurilishda moliyaviy intizomni kuchaytiradi hamda mijozlar uchun xavfsiz muhit yaratadi. Mutasaddilarga ko‘ra, eskrou tizimi qurilish sohasida qonuniylik va manfaatlar muvozanatini ta’minlashda muhim qadam bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid