add

O‘zbekistonda 10 iyuldan ipoteka subsidiyasi uchun ariza qabul qilish boshlanadi

04.07.2025 | 08:0029833

10 iyuldan boshlab O‘zbekistonda aholi uchun ipoteka subsidiyasi olish bo‘yicha arizalar qabul qilinadi. Arizalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan topshirish mumkin. Subsidiyani olish uchun kamida 30 ball to‘plash talab qilinadi.

O‘zbekistonda 10 iyuldan ipoteka subsidiyasi uchun ariza qabul qilish boshlanadi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 21 fevral kuni ipoteka va uy-joy bozorini rivojlantirishga qaratilgan фармонига ko‘ra, ipoteka subsidiyalari uchun ajratiladigan kvota 1,5 baravarga ko‘paytirilib, 30 mingtaga yetkazilgan va bu maqsadlar uchun 2,5 trln so‘m ajratilgan. Vazirlik xabariga ko‘ra, 2025 yil uchun belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida foydalanilmagan subsidiyalar hisobiga arizalar 10 iyul soat 09:00 dan qabul qilinadi. Subsidiya olish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliportali orqali elektron tarzda taqdim etiladi. Ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar bo‘yicha kamida 30 ball to‘plashi talab etiladi. Subsidiya olish uchun 2024 yil noyabr oyida Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan mezonlarga ko‘ra, ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘ining mulkida yashash uchun turar-joy bo‘lmasligi shart. Toshkent shahrida daromad miqdori 2,7 dan 9,2 BHM (3,118 — 10,626 mln so‘m), boshqa hududlarda esa 2,7 dan 8 BHM (3,118 — 9,24 mln so‘m) oralig‘ida bo‘lishi talab qilinadi. Arizalarni ko‘rib chiqishda mehnat migrantlari, 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar, ajrashgan ayollar, yolg‘iz onalar, beva ayollar, tibbiyot xodimlari, chekka hududlardagi mutaxassislar va texnikum o‘qituvchilariga ustuvorlik beriladi.

Teglar

Mavzuga oid