add

O‘zbekistonda 10 oyda metallurgiya ishlab chiqarishi 184 trln so‘mdan oshdi

Bugun 20:551251 daqiqa

2025 yilning o‘n oyi mobaynida sohada barqaror o‘sish saqlanib, asosiy hajm yirik sanoat hududlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

O‘zbekistonda 10 oyda metallurgiya ishlab chiqarishi 184 trln so‘mdan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–oktabr oylarida O‘zbekistonda 184,4 trln so‘mlik metallurgiya sanoati mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,9 foizga oshgan bo‘lib, sohada barqaror o‘sish saqlanayotganini ko‘rsatadi.

Metallurgiya sanoati hajmlari hududlar kesimida tahlil qilinganda, ishlab chiqarishning asosiy qismi bir nechta yirik sanoat markazlarida jamlangani ko‘rinadi. Xususan, Navoiy viloyati 105,5 trln so‘mlik mahsulot bilan yetakchilikni saqlab qolmoqda.

Ikkinchi yirik ko‘rsatkich Toshkent viloyati hissasiga to‘g‘ri kelib, bu yerda 51,1 trln so‘mlik metallurgiya mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Toshkent shahrida esa ushbu ko‘rsatkich 19,1 trln so‘mni tashkil etgan. Bu poytaxt va uning atrofida sanoat korxonalari faolligi yuqori ekanini anglatadi.

Sohada o‘rta hajmli ishlab chiqarishga ega hududlar orasida Samarqand viloyati 5,4 trln so‘mlik ko‘rsatkich bilan ajralib turadi. Shuningdek, Sirdaryo viloyatida 854,5 mlrd so‘m, Namangan viloyatida 960,5 mlrd so‘mlik metallurgiya mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Qolgan hududlarda ishlab chiqarish hajmlari nisbatan pastroq. Jizzaxda 275,4 mlrd so‘m, Farg‘onada 320,5 mlrd so‘m, Surxondaryoda 250,9 mlrd so‘mlik mahsulot qayd etilgan.

Teglar

Mavzuga oid