
O‘zbekistonda 6 oyda qariyb 2 million telefon import qilingan
30.07.2025 | 12:1530292
2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga olib kirilgan mobil telefonlar soni sezilarli darajada oshdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-iyun oylarida mamlakatga umumiy qiymati 194,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 mln 890 ming dona telefon import qilingan.
Bu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan 64,7 ming donaga ko‘p bo‘lib, 3,6 foiz o‘sishni tashkil etgan. Bu mobil qurilmalarga talab oshib borayotganini ko‘rsatadi.
Import qilingan telefonlarning katta qismi – 1 mln 420,7 ming donasi Xitoydan yetkazib berilgan. Vetnam 375,1 ming dona bilan ikkinchi o‘rinda, BAA – 64,2 ming dona, Hindiston esa 16,4 ming dona bilan keyingi o‘rinlarni egalladi.
Boshqa davlatlardan jami 1,1 ming dona telefon olib kirilgan. Mazkur ma’lumotlar mamlakatda mobil aloqa va raqamli qurilmalar bozorida o‘sish kuzatilayotganini ko‘rsatadi.
Telefon importdagi umumiy ko‘rsatkichlar nafaqat ichki talabning barqarorligini, balki tashqi bozorlardagi ta’minlash manbalariga ham bog‘liqligini namoyon etmoqda.





