add

O‘zbekistonda 70 ga yaqin sayt bloklandi: ular qimor o‘yinlarini reklama qilgan

Bugun 12:151101 daqiqa

Bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qilgan 86 ta sayt haqida ma’lumotlar nazorat organlariga yuborilib, shundan 70 ga yaqini mamlakat hududida rasman bloklandi.

O‘zbekistonda 70 ga yaqin sayt bloklandi: ular qimor o‘yinlarini reklama qilgan

Raqobat qo‘mitasi ma’lum qilishicha, bukmekerlik xizmatlarini reklama qiluvchi veb-saytlarni aniqlash bo‘yicha tegishli idoralar bilan hamkorlikda noqonuniy targ‘ibotni cheklash maqsadida saytlarga kirishni bloklash choralari amalga oshirilmoqda.

Joriy yil davomida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 86 ta sayt bo‘yicha materiallar nazorat organlariga yuborilgan. Shularning 70 ga yaqini belgilangan tartibda bloklangani ma’lum qilindi. Qo‘mita bu yo‘nalishdagi nazoratni izchil davom ettirishini bildirgan.

Amaldagi «Reklama to‘g‘risida»gi qonunning 46-moddasiga muvofiq, qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar reklamasi man etilgan. Mazkur cheklovni buzgan resurslar qonunchilik asosida belgilangan tartibda to‘xtatib borilmoqda.

Tadbirlar onlayn makonda xavfsizlikni ta’minlash, foydalanuvchilarni noqonuniy xizmatlar ta’siridan himoya qilish hamda reklama qoidalariga rioya etilishini kuchaytirishga qaratilgan.

Avvalroq «One More» mas’uliyati cheklangan jamiyati, ya’ni «Brasserie» kafesida monitor orqali bukmekerlikka oid axborot tarqatilishiga oid qonunbuzarlik alomatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid