add

O‘zbekistonda 9 oy mobaynida 30,2 trln so‘mlik kiyim-kechak ishlab chiqarildi

Hududlar bo‘yicha Andijon viloyati kiyim ishlab chiqarish yo‘nalishida yetakchilik qilmoqda.

O‘zbekistonda 9 oy mobaynida 30,2 trln so‘mlik kiyim-kechak ishlab chiqarildi

O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida 30,2 trln so‘mlik kiyim ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18,5 foiz o‘sish kuzatildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hududlar kesimida eng katta ulush Andijon viloyati hissasiga to‘g‘ri kelib, bu yerda 12,9 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Bu umumiy hajmning qariyb uchdan bir qismini tashkil etadi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Toshkent hamda Namangan viloyatlari teng ulush, ya’ni 3,1 trln so‘m bilan qayd etdi. Shuningdek, Toshkent shahrida 2,1 trln, Farg‘ona viloyatida 1,8 trln, Navoiyda 1,6 trln so‘mlik kiyim ishlab chiqarilgan.

Shu qatorda, Qashqadaryoda 1,3 trln, Buxoroda 1,2 trln, Samarqandda esa 1 trln so‘mlik mahsulot tayyorlangan. Qolgan hududlar orasida Surxondaryo, Jizzax, Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Sirdaryo viloyatlari nisbatan kichik ulushga ega bo‘lib, ularda ishlab chiqarish hajmi 300–480 milliard so‘m oralig‘ida bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilning to‘qqiz oyi davomida mamlakatda 62,2 mingta yangi kichik korxona va mikrofirma tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda 9 oy mobaynida 30,2 trln so‘mlik kiyim-kechak ishlab chiqarildi | Vaqt.uz