add

O‘zbekistonda antibiotiklardan noto‘g‘ri qo‘llanilmoqda — JSST

11.07.2025 | 11:2023202

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) O‘zbekistonda 2024–2025 yillarga oid sog‘liqni saqlash sohasidagi holatni tahlil qilgan va qator xavfli muammolarni qayd etgan. Jumladan, antibiotiklarning noto‘g‘ri qo‘llanilishi yuqori darajada ekani va bolalar emlanish darajasining keskin pasaygani alohida ta’kidlangan.

O‘zbekistonda antibiotiklardan noto‘g‘ri qo‘llanilmoqda — JSST
JSST hisobotiga ko‘ra, 2024 yilda O‘zbekistonda bolalarni asosiy infeksiyalarga qarshi emlash darajasi 1997 yildan beri eng past ko‘rsatkichga tushgan. Bu holat infeksiya kasalliklarining keng tarqalish xavfini oshiradi. Tashkilot infeksiyalarni erta aniqlash va kuzatish imkoniyatlari cheklanganligini, ayniqsa, qishloq hududlarda texnik va raqamli imkoniyatlar yetarli emasligini qayd etgan. Antibiotiklarning noto‘g‘ri qo‘llanilishi esa JSST tomonidan kelgusida epidemiologik xavf sifatida baholanmoqda. Elektron retsept va raqamli kuzatuv tizimlari asosan shaharlar bilan cheklangan, qishloq joylarda esa raqamli savodxonlik yetishmovchiligi tufayli shifokorlar tomonidan dori tavsiyalari noto‘g‘ri berilishi kuzatilayotgani ta’kidlangan. Laboratoriyalar texnik jihatdan yetarlicha ta’minlanmagan. Bu ham infeksiyalarni aniqlash va samarali nazorat qilishda muammolarni keltirib chiqarmoqda. JSST «One Health» yondashuvini to‘liq joriy etish va inson sog‘ligi hamda veterinariya bog‘lash mexanizmlarini kuchaytirishni taklif qilgan.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda antibiotiklardan noto‘g‘ri qo‘llanilmoqda — JSST | Vaqt.uz