add

O‘zbekistonda avtomobil ta’mirlash xizmatlari bir yilda 7,8 foizga qimmatladi

Bugun 16:30921 daqiqa

Noyabr oyida shaxsiy transportga xizmat ko‘rsatish narxlari o‘sib, yillik qimmatlashish dinamikasi avtomobil sohasidagi talab ko‘payotganini ko‘rsatmoqda.

O‘zbekistonda avtomobil ta’mirlash xizmatlari bir yilda 7,8 foizga qimmatladi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil noyabr oyida shaxsiy avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xizmatlari narxlari oktabr oyiga nisbatan o‘rtacha 0,7 foizga oshdi.

Qayd etilishicha, 2025 yil boshidan beri ushbu xizmatlar narxi 6,9 foizga, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 7,8 foizga oshgan. Bu ko‘rsatkichlar avtomobilga xizmat ko‘rsatish segmentida bevosita xarajatlar o‘sishi, ehtiyot qismlarning qimmatlashishi va ishchi kuchi narxining ko‘tarilishi bilan izohlanishi mumkin.

Avvalroq 2025 yil noyabr oyida avtomobil to‘xtash joylari xizmatlari narxlari oktabr oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha 2,8 foizga qimmatlashgani ma’lum bo‘lgandi.

Ya’ni, noyabr oyida barcha xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,3 foizga oshgan. Bu avtomobil to‘xtash joylari narxi umumiy xizmat bozoridagi o‘rtacha narxdan 2,5 foiz ko‘proqqa qimmatlaganini ko‘rsatadi.

Teglar

Mavzuga oid