add

O‘zbekistonda ayollarning 93 foizdan ortig‘i internetdan foydalanmoqda

04.10.2025 | 15:0536843

2025 yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda ayollar orasida internetdan foydalanuvchilar ulushi 93,1 foizga yetdi. Erkaklar o‘rtasida esa bu ko‘rsatkich 95,3 foizni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda ayollarning 93 foizdan ortig‘i internetdan foydalanmoqda
2025-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchi ayollar ulushi 93,1 foizni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi. Statistik ma’lumotlar internetdan foydalanish darajasi yildan-yilga barqaror o‘sib borayotganini ko‘rsatadi. Xususan, ayollar orasida 2021 yilda 72,6 foiz bo‘lgan ko‘rsatkich 2022 yilda 81 foizga, 2023 yilda 87,3 foizga, 2024 yilda esa 92,4 foizga yetgan. 2025 yilning sakkiz oyi natijalariga ko‘ra esa bu ko‘rsatkich 93,1 foizga ko‘tarildi. Erkaklar orasida ham o‘sish dinamikasi kuzatilgan: 2021 yilda 80,6 foiz bo‘lgan ko‘rsatkich 2022 yilda 86,9 foizga, 2023 yilda 90,9 foizga, 2024 yilda esa 94,2 foizga yetdi. Joriy yilning yanvar–avgust oylari yakuniga ko‘ra, ularning 95,3 foizi internetdan foydalanmoqda. Mutaxassislar fikricha, bunday o‘sish aholida raqamli savodxonlikning ortishi, internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarining kengayishi va turmush tarzining raqamli formatga ko‘proq moslashayotganidan dalolat beradi. Ma’lumot uchun, 2025 yil avgust oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha jahon reytingining 74-o‘rini egalladi. Shuningdek, joriy yilning sakkiz oyida internetdan foydalanuvchi umumiy aholi ulushi 94,2 foizni tashkil etdi.

Teglar

Mavzuga oid