add

O‘zbekistonda banklarning kredit kartalari bo‘yicha foiz siyosatiga tekshiruv o‘tkaziladi

08.10.2025 | 14:0012113

Raqobat qo‘mitasi Markaziy bankka aholi shikoyatlari asosida banklarning kredit kartalaridan to‘lov uchun komissiya undirish amaliyoti yuzasidan rasmiy so‘rov yubordi.

O‘zbekistonda banklarning kredit kartalari bo‘yicha foiz siyosatiga tekshiruv o‘tkaziladi
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tijorat banklarining kredit kartalari orqali amalga oshirilayotgan operatsiyalarida fuqarolar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Markaziy bankka so‘rov yo‘lladi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda mamlakatda aholi turmush darajasini oshirish maqsadida turli shakldagi kredit turlari joriy etilayotgan bo‘lsa-da, ayrim banklar kredit kartalaridan kommunal to‘lovlar, ta’lim, tibbiyot, sug‘urta va soliq to‘lovlari uchun foydalanganda ularni naqd pul yechishga tenglashtirib, foiz va komissiya undirmoqda. Bu holat aholi noroziligiga sabab bo‘ldi va fuqarolar tomonidan asossiz komissiyalar yuzasidan ko‘plab shikoyatlar kelib tushmoqda. Shu munosabat bilan Qo‘mita «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunning tegishli moddalariga tayanadigan holda, Markaziy bankdan davlat va nodavlat tijorat banklarining faoliyatini o‘rganishni so‘radi. So‘rovda kredit kartalari foiz siyosati va to‘lov amaliyotlarini qayta ko‘rib chiqish, iste’molchilar manfaatlarini inobatga olgan holda ularni muvofiqlashtirish hamda asossiz undirilgan to‘lovlarni qaytarish choralarini ko‘rish taklif qilingan. Raqobat qo‘mitasi mazkur ish yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq taqdim etilishini ma’lum qildi. Avvalroq Markaziy bank O‘zbekistonda nasiya savdo bozorini tartibga solish maqsadida ahloq qoidalari loyihasini muhokamaga qo‘ygan edi.

Teglar

Mavzuga oid