add

O‘zbekistonda bojxona masalalari bo‘yicha Apellyatsiya kengashi tuzildi

01.08.2025 | 20:4023312

Bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida yuzaga kelayotgan biznes muammolarni hal qilish maqsadida O‘zbekistonda yangi Apellyatsiya kengashi tashkil etildi. U tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi va bojxona organlari bilan muloqotni mustahkamlaydi.

O‘zbekistonda bojxona masalalari bo‘yicha Apellyatsiya kengashi tuzildi
Mazkur kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi qaror Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilindi. Yangicha mexanizm orqali tadbirkorlar rasmiy tarzda bojxona tizimidagi nizoli masalalarni hal etish, imtiyozlarni tatbiq etish va tovar qiymatini aniqlash yuzasidan mustaqil tavsiyalar olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kengash faoliyatida bojxona organlariga uslubiy ko‘mak ko‘rsatish, tadbirkorlar bilan ochiq muloqotni ta’minlash va ikki tomonlama kelishuvga erishish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. Apellyatsiya kengashiga O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov rahbarlik qiladi. Uning rahbarligidagi tarkibga qo‘mita boshqarmalari rahbarlari, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va biznes uyushmalari vakillari ham kiritilgan.

Teglar

Mavzuga oid