add

O‘zbekistonda bolalar kambag‘alligi 11,4 foizga tushdi

18.09.2025 | 19:0021192

O‘zbekistonda so‘nggi to‘rt yilda bolalar kambag‘alligi sezilarli darajada qisqardi. UNICEF ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda 21,5 foiz bo‘lgan ko‘rsatkich 2024 yilda 11,4 foizgacha pasaydi. .

O‘zbekistonda bolalar kambag‘alligi 11,4 foizga tushdi
Namanganda o‘tkazilayotgan xalqaro forumda YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Regina Kastijio ma’lum qilishicha, so‘nggi yillarda joriy etilgan ijtimoiy nafaqalar, bolalar uchun moddiy yordam va pensiyalar kambag‘allikning kamayishiga asosiy omil bo‘ldi. Agar bunday choralar ko‘rilmaganida, bolalar kambag‘alligi darajasi aksincha oshishi mumkinligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, inson kapitalini rivojlantirishda davlat kafolatlagan ta’lim, tibbiy xizmat va bolalarni himoya qilish tizimi muhim poydevor sifatida qayd etildi. YUNISEF bu sohada ko‘p tarmoqli yondashuv asosida O‘zbekiston hukumatini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Bolalar kambag‘alligini qisqartirish ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanishi lozimligi ham ta’kidlandi. Avvalroq 2025 yilning sakkiz oyi davomida 2 872 nafar voyaga yetmagan shaxs turli jinoyatlardan jabr ko‘rgani, ularning qariyb yarmini 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etgani ma’lum qilingan edi.

Teglar

Mavzuga oid