
O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 290,3 trln so‘mga yetdi
28.05.2025 | 12:2029382
2025 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 290,3 trln so‘mni tashkil etdi. Bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 57,4 trln so‘mga yoki 12,6 foizga ko‘p.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yilning shu oylarida xizmatlar hajmi 232,8 trln so‘mni tashkil etgan. Bu o‘sha paytdagi 112,9 foizlik o‘sishni anglatgan.
Joriy yilda aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 7,7 million so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,4 foizga oshgan.
Shuningdek, xizmatlar sohasida kichik tadbirkorlik sub’ektlari faolligi saqlanib qolmoqda. Ularning hissasi 158,3 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lib, bu umumiy bozor xizmatlari hajmining 54,5 foiziga teng.
Ushbu ko‘rsatkichlar mamlakatda xizmatlar sohasining barqaror o‘sishini, aholi iste’mol qobiliyati va tadbirkorlik faolligining ortib borayotganini ko‘rsatadi.





