add

O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 722 trln so‘mdan oshdi

Bozor xizmatlarining asosiy qismini yashash va ovqatlanish, transport, moliya hamda savdo sohalari tashkil etdi.

O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 722 trln so‘mdan oshdi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi xizmatlar sohasini rivojlantirish yuzasidan 2025 yilning 9 oyligida bajarilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2025 yilning 9 oyligida O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 722,1 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14 foizga oshdi. Bozor xizmatlarining 73 foizi yashash va ovqatlanish, transport, moliya hamda savdo hissasiga to‘g‘ri keldi.

Shuningdek, yuqori o‘sish sur’atlari moliya (124,5 foiz), aloqa va axborotlashtirish (120,4 foiz) va ijara (119,6 foiz) xizmatlarida kuzatildi. Hududlar bo‘yicha yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent shahri, Andijon va Toshkent viloyatlarida qayd etildi.

O‘zbekistonda aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 19,1 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,4 ming so‘mga yoki 11,8 foizga oshdi.

Bundan tashqari, xizmatlar eksporti hajmi 6,7 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 131,6 foizga o‘sdi. Eksport tarkibida turizm xizmatlari ulushi 53 foizni va transport xizmatlarida esa 32 foizni tashkil qildi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 722 trln so‘mdan oshdi | Vaqt.uz