add

O‘zbekistonda chakana va ulgurji savdo hajmi oshdi

27.10.2025 | 13:251881

2025  yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonda chakana savdo tovar aylanmasi 316 trln 378,5 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024 yilning shu davriga nisbatan 11 foizga o‘sdi.

O‘zbekistonda chakana va ulgurji savdo hajmi oshdi

2025 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda chakana va ulgurji savdo hajmi sezilarli oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2025  yilning yanvar–sentyabr oylarida respublikaning chakana savdo tovar aylanmasi 316 trln 378,5 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024 yilning shu davriga nisbatan 11 foizga o‘sdi. Shuningdek, joriy yilning 9 oyi mobaynida ulgurji savdo tovar aylanmasi 346 trln 597,3 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024 yilning mos davriga nisbatan 12,6 foizga oshdi.

Shu jumladan, 1 oktyabr holatida chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 84 ming 838 taga yetib, shundan yirik korxonalar soni 355 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni esa 84  ming 483 tani tashkil etdi.

Bundan tashqari, ulgurji savdo sohasida 50 ming 86 ta tijorat korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bunda yirik korxonalar soni 391 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 49  ming 695 taga to‘g‘ri keladi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda chakana va ulgurji savdo hajmi oshdi | Vaqt.uz