add

O‘zbekistonda chekka hududlarda turizm solig‘i bekor qilinadi

26.08.2025 | 12:2042744

O‘zbekistonning chekka hududlarda mehmonxona egalari turizm yig‘imidan ozod etiladi. Yangi mehmonxonalar qurilishi uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi va davlat subsidiyalari kengaytiriladi.

O‘zbekistonda chekka hududlarda turizm solig‘i bekor qilinadi
2025 yil boshidan beri mamlakatga taxminan 7 million xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Yana 15 million kishi ichki turizmda ishtirok etgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan an’anaviy ochiq muloqoti davomida kelgusi 3–4 yilda bu raqam kamida 15 million xorijiy sayyohga yetishi kerakligini ta’kidladi. Bu maqsadda 5 ming gektar yer maydoni auksionga chiqarilib, u yerda mehmonxonalar va turizm ob’ektlari qurilishi ko‘zda tutilmoqda. Tadbirkorlar yerni sotib olish uchun pul to‘lamaydi, davlat esa shu summada loyihaning ulushdoriga aylanadi. Keyinchalik tadbirkor 10 yil ichida davlat ulushini sotib olishi mumkin. Agar tadbirkor bu mablag‘ni avvaldan 100 foiz to‘lashni istasa, 20 foizlik chegirma beriladi. 36 ta turistik tuman va viloyat markazlarida mehmonxona qurish uchun 7 yil muddatgacha, 2 yillik imtiyozli davr bilan 30 mlrd so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi. Boshqa hududlarda bu miqdor 10 mlrd so‘mni tashkil etadi. Davlat muassasalari yoki xususiy binolarni mehmonxonaga aylantirayotgan tadbirkorlar ham subsidiyalardan foydalanishi mumkin. bugungi kunda mehmonxona egalari har bir turist uchun kuniga 62 ming so‘mgacha turistik yig‘im to‘lashga majbur. Yangi qarorga ko‘ra, bu yig‘im chekka hududlardagi mehmonxonalar uchun bekor qilinadi. Ammo Toshkent, viloyat markazlari va yirik turistik hududlardagi ob’ektlar uchun mazkur to‘lov saqlanib qoladi. Turizm yig‘imi O‘zbekistonda 2017 yildan beri amalda bo‘lib, avval faqat xorijliklardan undirilgan. 2022 yildan boshlab u o‘zbekistonliklarga ham tatbiq etilgan. Mehmonxona sohasi vakillari yig‘imni hududlar kesimida farqlashni taklif qilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid