add

O‘zbekistonda chigirtkalar zarar yetkazgan maydon yarim million gektardan oshdi

21.06.2025 | 08:4018642

Mavsum boshidan buyon O‘zbekistonda chigirtkalar 500 ming gektardan ziyod maydonga tarqaldi. Mutasaddi idoralar zararlanishga qarshi kimyoviy ishlov va monitoring ishlarini tinimsiz davom ettirmoqda.

O‘zbekistonda chigirtkalar zarar yetkazgan maydon yarim million gektardan oshdi
O‘zbekiston bo‘ylab mavsum boshidan buyon chigirtkalar 515 830 gektar maydonga tarqaldi. Bu haqda Karantin va o‘simliklarni himoya qilish agentligi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, mutaxassislar tomonidan 875 ming gektardan ortiq maydonda monitoring o‘tkazilgan. Eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari ekanligi ta’kidlangan. Mavsum boshidan buyon 507 ming gektardan ortiq maydonda kimyoviy tozalash ishlari olib borilgan va bu chora asosiy o‘choqlar bartaraf etilgan Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida amalga oshirilgan. Bildirilishicha, zararkunandalarga qarshi tinimsiz kurashilmoqda. Erta tongda va kechki vaqtda kimyoviy tozalashlar olib borilib, kunduzi monitoring o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Teglar

Mavzuga oid