
O‘zbekistonda dehqon xo‘jaliklari soni 422 mingtadan oshdi
Hududlar bo‘yicha faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklarining katta qismi Andijon, Samarqand va Xorazm viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

2025 yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon xo‘jaliklarining umumiy soni 422 309 tani tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hududlar kesimida Andijon viloyati 68 103 ta dehqon xo‘jaligi bilan mamlakat bo‘yicha eng yuqori natijani qayd etdi. Ikkinchi o‘rinda 50 693 ta xo‘jalik bilan Samarqand viloyati turibdi.
Uchinchi o‘rin Xorazm viloyatiga to‘g‘ri kelib, bu yerda 44 353 ta dehqon xo‘jaligi faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, Farg‘ona viloyatida 42 823 ta, Namanganda 39 739 ta, Qashqadaryoda 34 353 ta xo‘jalik ro‘yxatga olingan. Buxoro viloyatida 29 815 ta, Surxondaryoda 28 675 ta, Toshkent viloyatida esa 23 780 ta dehqon xo‘jaligi mavjud.
Bundan tashqari, Jizzax viloyatida 20 630 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14 478 ta, Sirdaryo viloyatida 13 370 ta hamda Navoiy viloyatida 11 457 ta dehqon xo‘jaligi qayd etildi. Toshkent shahrida esa dehqon xo‘jaliklari soni 40 tani tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi 9 oyda 4 foizga o‘sib, qishloq xo‘jaligi, o‘rmonchilik va baliqchilik mahsulotlari va xizmatlarining umumiy hajmi 366 216 mlrd so‘mga yetgani ma’lum qilingandi.





