add

O‘zbekistonda dori-darmon sanoati qanday rivojlandi?

27.08.2025 | 18:2015375

So‘nggi 8 yilda sanoati qariyb ikki baravar oshdi. Biroq xalqaro standartga javob beradigan korxonalar atigi 28 foizni tashkil qilmoqda.

O‘zbekistonda dori-darmon sanoati qanday rivojlandi?
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CERR) so‘nggi 8 yilda O‘zbekistondagi farmatsevtika sanoatining rivojlanishini tahlil qildi. Unga ko‘ra, 2017-2024-yilda dori-darmon mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 1,9 baravarga o‘sdi. 2024-yil yakuniga ko‘ra, uning hajmi 4,9 trln so‘mni tashkil qilmoqda. [caption id="attachment_14730" align="aligncenter" width="640"]Farma01 Infografika: Review.uz[/caption] Korxona va investitsiyalar soni 2017 yilda 146 ta farmatsevtika korxonasi faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 195 taga yetdi. Ularning 54 tasida dori-darmon vositalari, 38 tasida tibbiy uskunalar, 108 tasida esa tibbiy buyumlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. So‘nggi 8 yilda korxonalar soni qariyb 34 foiz oshdi. Dori-darmon sanoatiga kiritilgan umumiy investitsiyalar hajmi 3,6 baravarga oshib, 2024-yilda 185 mln dollarga yetdi. Buning aksariyati chet el investitsiyalari hisobiga shakllangan.   Eksport va import Tahlilga ko‘ra, dori darmon ishlab chiqarishda eksport hajmi yuqoriroq ko‘rsatkichga ega. Ya’ni 2017-yilda 7,3 mln dollarlik dori va tibbiy uskunalar xorijga chiqarilgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib bu ko‘rsatkich 19,6 mln dollarga yetdi. Asosan, Germaniya, Rossiya va Qozog‘iston davlatlariga mahsulotlar eksport qilingan. Shu bilan birga, import hajmi ham yuqorilagan. 2024-yilda import ko‘rsatkichi 1,7 mlrd dollarga yetdi. So‘nggi 8 yilda qariyb 868 mln dollarlik o‘sish (2 baravar) kuzatilgan.   Mahalliy ishlab chiqaruvchilar qancha? CERR ma’lumotiga ko‘ra, 2020-yildan buyon dori ishlab chiqaruvchilar hajmi 54 foizga pasaygan. Hozirda 54 ta korxona mavjud. Tibbiy texnika va buyumlar tarkibi esa 27 foizdan ortiq oshdi. 2024-yilga kelib 420 turdagi dori vositalari, 604 tibbiy texnikalar va 405 tibbiy buyumlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bundan tashqari, shu davrga nisbatan dorixonalar soni 11 ming 971 ni tashkil qilgan.   Qancha korxona xalqaro standartlarga javob beradi? 2020-yilda atigi 10 ta korxona Good Manufacturing Practice (GMP) talabiga mos kelgan bo‘lsa, 2024-yilda ular soni 54 tagacha o‘sdi. Bu jami korxonalarning qariyb 28 foizini tashkil qiladi. ISO 9001:2015 standarti bo‘yicha sertifikatlangan korxonalar soni 74 foizga oshib, 59 taga yetdi. Biroq so‘nggi 8 yilda farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarishning YAIMdagi ulushi 0,15 foiz pasaydi. E’tiborga olish kerak bo‘lgan yana bir jihat bor. O‘zbekistonda qalbaki dorilar ishlab chiqarish bilan bog‘liq holatlar tez-tez uchrab turadi. Noqonuniy olib kelingan, litsenziyasi yoki yashirin sexlarda tayyorlangan dorilar bilan bog‘liq raqamlar esa noma’lumligicha qolmoqda. Avvalroq, Toshkentda qalbaki dori ishlab chiqargan sex aniqlangani haqida xabar bergan edik. Mahliyo Hamidova tayyorladi.

Teglar

Mavzuga oid