add

O‘zbekistonda erta nikohlar uchun jazo kuchaytirish rejalashtirilmoqda

10.07.2025 | 18:2020723

Prezident Shavkat Mirziyoyev erta turmush qurish holatlarini cheklash maqsadida javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi yangi qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu tashabbus orqali bolalarning huquqlari va kelajagi himoya qilinishi ko‘zlanmoqda.

O‘zbekistonda erta nikohlar uchun jazo kuchaytirish rejalashtirilmoqda
Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Murodbek Mahmudovning ma’lum qilishicha, prezident erta nikoh va undan kelib chiqadigan salbiy oqibatlarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish haqida ko‘rsatma bergan. Bu haqda u «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda amaldagi qonunchilikda nikoh yoshiga yetmagan shaxslar bilan haqiqiy nikoh munosabatlariga kirishish hamda ularni turmushga uzatish uchun javobgarlik belgilangan. Ma’muriy jazo sifatida BHMning 5−15 baravari miqdorida jarima solinadi. Jinoiy javobgarlik esa ma’muriy chora ko‘rilgandan keyin boshlanadi. Unga ko‘ra, bunday holatlar uchun BHMning 20−50 baravarigacha jarima, 240 soatgacha jamoat ishlari yoki 1−2 yilgacha axloq tuzatish ishlari ko‘riladi. Taqdimot davomida erta tug‘ruq masalasiga ham alohida e’tibor qaratilib, bu holat oiladagi zo‘ravonlik, sog‘liq muammolari va ta’lim imkoniyatlarining yo‘qolishiga olib kelishi ta’kidlandi. Yangi qonun loyihasi mazkur muammoga chek qo‘yish, ota-onalar va jamiyat mas’uliyatini oshirish hamda bolalarning huquqlarini qonunan muhofaza qilishga qaratilgan.

Teglar

Mavzuga oid