add

O‘zbekistonda gaz qazib chiqarish 4 foizga kamaydi

22.09.2025 | 15:3046623

O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar–avgust oylarida tabiiy gaz qazib chiqarish hajmi pasaydi.

O‘zbekistonda gaz qazib chiqarish 4 foizga kamaydi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 8 oyi davomida 28,9 mlrd metr kub tabiiy gaz qazib olindi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 foizga kam. Shu bilan birga, neft qazib chiqarish hajmi ham 10,43 foizga pasayib, 434,5 ming tonnani tashkil qildi. Gaz kondensati ishlab chiqarish esa 760,5 ming tonnaga teng bo‘lib, 8,3 foizga qisqardi. Ayni vaqtda uglerod yoqilg‘isi bozorida ijobiy sur’at kuzatildi. Sakkiz oyda 4,7 mln tonna ko‘mir qazib chiqarilib, o‘tgan yilga nisbatan 6,8 foizga ko‘paydi. Neft mahsulotlari ishlab chiqarishda turlicha natijalar qayd etildi. Avtomobil benzini hajmi 14,25 foizga qisqarib, 770,3 ming tonnaga yetdi. Biroq dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish 10,47 foizga o‘sib, 785,8 ming tonnani tashkil qildi. Mazkur ko‘rsatkichlar O‘zbekiston energetika bozoridagi muvozanat va tarkibiy o‘zgarishlarni ko‘rsatib turibdi. Gaz va neft qazib chiqarishdagi pasayish, ko‘mir hamda dizel ishlab chiqarishdagi o‘sish mamlakatning ichki energetik talab va eksport imkoniyatlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, 2025 yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda 25,3 mlrd metr kub tabiiy gaz qazib olinib rekord darajada kamaygan. Bu o‘tgan 8 yilning mos davrlari uchun eng kam ko‘rsatkich hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid