add

O‘zbekistonda ikkilamchi uy bozorida narxlar 1,3 foizga oshdi

16.05.2025 | 16:1223062

O‘zbekistonda aprel oyida ko‘chmas mulk bozori faolligi tiklandi. Ikki oylik pasayishdan so‘ng, oy davomida bitimlar soni 20 foizga ortdi va 24 mingtaga yetdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lum qildi.

O‘zbekistonda ikkilamchi uy bozorida narxlar 1,3 foizga oshdi
Ikkilamchi bozorda uy-joylarning o‘rtacha narxi mart oyiga nisbatan 1,3 foizga oshgan bo‘lsa, yillik hisobda 2,4 foizlik o‘sish qayd etildi. Eng yuqori o‘sish Jizzax, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda kuzatildi. Biroq Toshkent shahrida narxlar deyarli o‘zgarmadi. Hududlar kesimida Namangan (39 foiz), Samarqand (29 foiz) va Buxoroda (27 foiz) bitimlar sonida sezilarli o‘sish kuzatildi. Birlamchi va ikkilamchi bozorda yillik hisobda narxlar kamaygan. Ikkilamchi uylar 6,3 foizga, birlamchi uylar esa 4,2 foizga arzonlashgan. Chilonzor, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarida ikkilamchi uylar narxi sezilarli tushgan. Birlamchi bozorda esa Uchtepa, Shayxontoxur va Yunusobod tumanlarida pasayish qayd etilgan. Ijara narxlari o‘zgarishsiz qolgan. Toshkentda o‘rtacha ijara narxi 8,1 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida 10,4 dollargacha yetgan.

Teglar

Mavzuga oid