add

O‘zbekistonda ilk bor yer osti chiqindi saqlash majmuasi ishga tushdi

26.09.2025 | 13:026443

Yer osti chiqindi saqlash majmuasi aholidan to‘planadigan maishiy chiqindilarning atrofga sochilib ketishi va issiq kunlarda turli noxush hidlar tarqalishining oldini olishi aytilmoqda.

O‘zbekistonda ilk bor yer osti chiqindi saqlash majmuasi ishga tushdi
Samarqandda respublikada ilk bor yer osti chiqindi saqlash majmuasi tashkil etildi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi xabar bermoqda. Samarqand shahri Qorasuv massivida joylashgan «Obod maskan» mahallasida 2 ta yarim yer osti chiqindi saqlovchi maxsus qutilar majmuasi ishga tushirildi. Bundan asosiy maqsad — aholidan to‘planadigan maishiy chiqindilar atrofga sochilib ketmasligi, shuningdek, issiq kunlarda noxush hidlar tarqalishining oldini olish va fuqarolar uchun qulaylik yaraishdan iborat. Eng qiziqarli jihati shundaki, ushbu yer osti chiqindi saqlash majmuasi 2 metr chuqurlikda joylashtirilgan va har biriga 2 tadan 4 ta konteyner o‘rnatilgan. Konteynerlardan har biri 550 litrga mo‘ljallangan bo‘lib, 1000−1500 nafar aholiga xizmat ko‘rsatish mumkin. Kelgusida bu kabi yer osti majmuasidan hududda yana 5 ta qurish rejalashtirilgan. Qurilish ishlari va ushbu chora-tadbirlar fuqarolar uchun qulaylik yaratish bilan birga, atrof-muhitni muhofaza qilish va sanitariyani ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Eslatib o‘tamiz, 2026 yildan oziq-ovqat chiqindilaridan organik o‘g‘it sifatida foydalanilishi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda ilk bor yer osti chiqindi saqlash majmuasi ishga tushdi | Vaqt.uz