add

O‘zbekistonda ish vaqtidan tashqari ish uchun 2 hissa haq to‘lanadi

Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, ish vaqtidan tashqari ish uchun haq to‘lash tizimi takomillashtirilmoqda.

O‘zbekistonda ish vaqtidan tashqari ish uchun 2 hissa haq to‘lanadi

11-noyabrda qabul qilingan 1095-sonli qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, qonun hujjatlariga Migratsiya agentligining vakolatlarini aniqlashtirish, xususiy bandlik agentliklarining huquq va majburiyatlarini kengaytirish, shuningdek, ish vaqtidan tashqari ish uchun haq to‘lash tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qonunga muvofiq, xususiy bandlik agentliklariga ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunar va chet tillarga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslarini belgilangan tartibda tashkil qilish, shuningdek ushbu jarayonga chet ellik ish beruvchilarni jalb etish huquqi berildi. Shu bilan birga, ular zaxira qilinadigan mablag‘larni tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirish hisobidan olinadigan foiz daromadlarini mustaqil ravishda tasarruf etishi mumkin.

Shuningdek, Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ish vaqtidan tashqari ishning davomiyligi yiliga 120 soatdan oshmasligi to‘g‘risidagi talab chiqarib tashlandi.

Bundan tashqari, ish vaqtidan tashqari ishning 1 kundagi birinchi 2 soati uchun kamida 1,5 hissa miqdorida, 2 soatdan ortiq qismi uchun kamida 2 hissa miqdorida haq to‘lanishi belgilandi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda ish vaqtidan tashqari ish uchun 2 hissa haq to‘lanadi | Vaqt.uz