add

O‘zbekistonda korxona va tashkilotlar soni 462,2 mingtaga yetdi

12.08.2025 | 13:0038633

2025 yil 1 avgust holatiga ko‘ra, mamlakatdagi korxona va tashkilotlar soni o‘tgan yilga nisbatan 1112 taga ko‘paydi.

O‘zbekistonda korxona va tashkilotlar soni 462,2 mingtaga yetdi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yil 1 avgust holatida O‘zbekistonda 462,2 mingta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 112 taga ko‘pdir. Faoliyat ko‘rsatayotgan subektlarning 392,4 mingtasi yoki 84,9 foizi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Hududlar kesimida eng ko‘p korxona va tashkilotlar Toshkent shahrida joylashgan — 104,2 mingta. Eng past ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida qayd etilgan — 11 853 ta. Sohalar bo‘yicha savdo tarmog‘i eng katta ulushga ega bo‘lib, umumiy hisobda 32,6 foizni tashkil etadi. Ikkinchi o‘rinda sanoat sohasi (12,7 foiz), uchinchi o‘rinda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi (7,4 foiz) joy olgan. Mamlakatdagi 396,4 mingta tijorat tashkilotlaridan 306,2 mingtasi yoki 77,3 foizi mas’uliyati cheklangan jamiyatlardir. Chet el investitsiyasi ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 16 609 tani tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 2 343 taga ko‘paygan. Shu jumladan, 4 094 tasi qo‘shma korxona, 12 515 tasi to‘liq xorijiy korxonalardir. O‘zbekistonda eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy korxonalar Xitoyga tegishli bo‘lib, ularning soni 4 250 tani tashkil qiladi. Avvalroq, Germaniya kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 223 taga yetgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid