O‘zbekistonda nega Ramazon oyi Saudiya kabi 18-fevraldan boshlanmasligiga izoh berildi

17.02.2026 | 22:201 daqiqa

Saudiya va Qatarda Ramazon 18-fevraldan boshlanayotgan bo‘lsa, O‘zbekistonda muborak oyning ilk kuni 19-fevralga belgilandi. Musulmonlar idorasi ushbu sanalar o‘rtasidagi farqqa rasmiy izoh berdi.

O‘zbekistonda nega Ramazon oyi Saudiya kabi 18-fevraldan boshlanmasligiga izoh berildi

Qatar, Saudiya Arabistoni, Birlashgan arab Amirliklari, Kuvayt kabi davlatlar Ramazon hiloli ko‘ringani munosabati bilan 2026 yil 18-fevralni Ramazon oyining birinchi kuni deb e’lon qildi. O‘zbekistonda esa 19-fevral Ramazon oyining ilk kuni deb e’lon qilingani ko‘pchilkda tushunmovchilikni keltirib chiqarmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi ushbu holatga izoh berdi. Qayd etilishicha, Fatvo markazi ulamolari O‘zbekistonda hijriy 1447 yil Ramazon oyi hiloli hali ko‘rinmaganini bildirishgan.

Fanlar akademiyasi Astronomiya institutining taqdim etgan ma’lumoti ham mazkur kuzatishlarni tasdiqlagan. Shu bois, joriy yil 18-fevral kunini hijriy 1447 yil Sha’bon oyining o‘ttizinchi kuni, Ramazon oyining birinchi kuni esa shu yilning 19-fevral kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qilingan.

Quyidagi aksar musulmon mamlakatlari ham Ramazon oyining birinchi kunini shu yilning 19-fevral kuni, deb e’lon qildi:

• Misr Arab Respublikasi

• Iordaniya

• Suriya

• Iroq

• Eron

• Turkiya

• Qozog‘iston

• Qirg‘iziston

• Tojikiston

• Turkmaniston

• Ozarboyjon

• Indoneziya

• Bruney

• Ummon

• Singapur

• Avstraliya

• Yaponiya

• Pokiston

• Hindiston

• Malayziya

• Janubiy Koreya.

Shuningdek, Yevropa fatvo va tadqiqotlar kengashi tomonidan joriy yil 19-fevral kunini Ramazon oyining birinchi kuni, deb e’lon qilingan.

Teglar

Mavzuga oid